ico
TENET

TARIXNING
BOSHLANISHI

Sodiq Azimov ko‘chasida joylashgan premial majmua
Quyiga aylantiring ico
ico Apartamentlarni tanlang
shine
Apartamentlarni tanlang

Hayot konsepsiyasi haqida

about about

Stellar Residence – bu o‘zining jozibador nuqtalari va an’analariga ega bo‘lgan ko‘p funksiyali premium-toifa majmuasini yaratish loyihasi bo‘lib, unda notanish chexralar bo‘lmaydi, majmuada istiqomat qiladigan aholi esa sevimli qahvaxonada nonushta paytida uchrashadi.

Panoramali derazalari va terrasalari bo‘lgan apartamentlar, hilvat ichki hudud, tijorat infratuzilmasi, shaxsiy fitness-room — bularning barchasi shahar markazidagi hayotga bo‘lgan odatiy nazarni o‘zgartiradigan zamonaviy majmuaning tarkibiy qismlaridir.

5-17
qavatlar soni
48 800 м²
foydali maydon

Joylashuv

Stellar Residence poytaxtning eng jozibali hududlaridan biri Sodiq Azimov ko‘chasida bunyod etiladi. Qulay hayot va dam olish uchun zarur bo‘lgan barchasi — yaqin-atrofda mavjuddir.
Joylashuv tarixi
  • location Amir Temur maydoni
  • location Fransiya elchixonasi
  • location Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti
  • location Britaniya elchixonasi
  • location 145-maktab
  • location Lomonosov nomidagi MDU filiali
  • location Yaponiya elchixonasi
  • location Z.M. Bobur nomidagi markaziy Ekopark
  • location 1-hukumat poliklinikasi
  • location 247-bolalar bog’chasi

Majmua tarkibi

ico ico

Me’moriy manifest

Stellar Residence — mashhur O‘ncüog‘lu Architects arxitektura byurosi tomonidan sanoat uslubida loyihalashtirilgan Toshkentdagi birinchi ko‘p funksiyali majmua.
ico ico
time

Zamon guvohlari

Stellar Residence tijorat hududining fasadini bezashda XIX asr oxirida Toshkentning qadimiy g‘isht zavodlarida tayyorlangan g‘ishtlardan foydalaniladi.

Apartamentlari

ico ico

Stellar Residence apartamentlari ilhomlantirish va qulaylik uchun. Puxta o‘ylangan rejalashtirish osonlik bilan shaxsiy va umumiy maydonlarni tashkil etish, turmush tarzingizni to‘liq aks ettiruvchi interyer yaratish imkonini beradi. Panoramali derazalar har bir xonani tabiiy yorug‘likka to‘ldiradi va go'zallik hamda funksionallikni o'zida uyg'unlashtirib, shaharning beqiyos manzaralarini ochib beradi.

Stellar Residence apartamentlari ilhomlanish uchun yaratilgan. Puxta o‘ylangan rejalashtirish shaxsiy va umumiy hududlarni tashkil etish, turmush tarzingiz uslubini aks ettiruvchi interyer yaratish imkonini beradi. Panoramali derazalar har bir xonani tabiiy yorug‘lik bilan to‘ldiradi va shaharning ajoyib manzaralarini ochib beradi.

Maydonlar

43 - 210 м²

Terrasali pentxauslar

To‘g‘ri rejalashtirish, butun oilani sig‘dira oladigan keng terrasalar va shahar manzaralari erkinlik va ilhom to‘la muhit yaratadi.
  • Pentxauslar maydoni

    102 - 210 м²

  • Terrasalar maydoni

    30 - 180 м²

ico ico

Landshaft

landscape
Stellar Residence xilvat hovlisi— majmuaning ajralmas qismi bo'lib, u sizning shaxsiy makoningizni uyg'unlik bilan davom ettiradi. Dam olish uchun qulay hududlar, saralab tanlangan ko‘kalamzorlashtirish va puxta o‘ylangan landshaft yechimlari sokinlik va xilvat muhitini yaratadi.
landscape
Dizayni 30 yildan ziyod vaqt mobaynida tabiatdan ilhomlangan va innovatsion yechimlarga asoslangan barqaror va funksional makonlarni yaratib kelayotgan DS Landscape & Architecture xalqaro byurosi tomonidan ishlab chiqilgan.
  • Xavfsizlik

  • Ochiq kinoteatr

  • Yopiq hovli

  • Bolalar maydonchalari

Tafsilotlardagi g’amxo’rlik

service
Xavfsizlik
Toshkentda birinchi marta sun’iy intellekt bilan integratsiyalashgan yuqori texnologiyali kirish nazorati tizimiga ega yopiq hudud har bir rezident uchun to‘liq himoyalanganlik va ishonch muhitini yaratadi.
service
Ochiq kinoteatr
Majmua rezidentlari uchun yulduzli osmon ostida ochiq kinoteatr ko'zda tutilgan. Oila a'zolari va do‘stlar bilan shinam kechalar o‘tkazish uchun eng maqbul joy, bu yerda sevimli filmlaringizni ochiq havoda, xilvat muhitda tomosha qilishingiz mumkin.
service
Yopiq hovli
Farzandlaringiz va yaqinlaringiz xavfsizligi borasida tashvishlanishni unuting. Stellar Residence’da avtomobillarsiz hovli konsepsiyasi ko'zda tutilgan bo‘lib, bu jihat hududni sayrlar uchun qulay va xavfsiz qiladi.
service
Bolalar maydonchalari
Majmua ichida ikki qavatli o‘yin maydonchalari joy olishi ko'zda tutilgan bo‘lib, u yerda eng jajji rezidentlar ochiq havoda vaqtini maroqli va xavfsiz o‘tkazishlari mumkin.

Apartamentlarni tanlash

genplan
ico Apartamentlarni tanlang
parking
parking

Yer osti avtoturargohi

Puxta o‘ylangan to‘xtash joylari va ilg‘or xavfsizlik tizimlariga ega 600 o‘ringa mo'ljallangan uch qavatli yer osti avtoturargohi sizning benuqson qulaylik va premial sifat foydasiga qilgan tanlovingizni aks ettiradi.

Uch qavatli yerosti avtoturargohi

parking

Har bir avtomobil joyida zaryadlash stansiyalari uchun kommunikatsiyalar ko‘zda tutilgan.

600+

avtojoy

Yaratuvchilar haqida
Shaharlar tobora o‘zgarib boradi. Ammo odatdagidan farq qiladigan narsalarni yaratish uchun vaqt oralig‘iga e’tibor berish yetarli bo'lmaydi. Tubdan yangi va noyob narsalarni olib kirishga intilish kerak. Vaqtdan tashqarida bo'lgan loyihalarni amalga oshirib, yangi olamlarni yaratishni orzu qiladigan — aynan o'sha xayolparastlar ham kerak.

TENET — bu nafaqat kompaniya yoki konsepsiya. Bu siz uchun odatiy bo‘lgan barcha narsalarga mutlaqo yangi yondashuvdir. Biz shahar qiyofasi va jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsata oladigan yangi qoidalarni yaratmoqdamiz.
Kompaniya saytiga
tenet

Maslahat oling

Stellar Residence'da ekskluziv makonga ega bo‘ling. So'rovnoma qoldiring va maslahatchilarimiz siz bilan bog‘lanadilar